TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.
Bu “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.
“Aloqabank” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Sosa-sola Ichimligi” qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.
“Road Show” dasturlari ishlab chiqiladi.
Ta’kidlanishicha, xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha “Invest in Uzbekistan” axborot kampaniyasi yaratiladi.
Shuningdek, 6 mlrd 131 mln dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.