Tulada o‘zbekistonlik sotuvchi ayol xaridorlar ko‘z o‘ngida vahshiylarcha pichoqlandi – video

CC0 / pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pichoq bilan qurollangan erkak “Patorochka” do‘koniga kirib, ayolga hujum qilgan. Qotil ayolga pichoq bilan 21 ta zarba berib, voqea joyidan yashiringan.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Dushanba, 29-aprel kuni Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya shahrida mudhish qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning mintaqadagi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Pichoq bilan qurollangan erkak “Patorochka” do‘koniga kirib, savdo zalida bo‘lgan kassir ayolga hujum qilgan. Xabarda keltirilishicha, qotil ayolga pichoq bilan 21 ta zarba berib, voqea joyidan yashiringan.

Ayol olgan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, qotilning qurboni o‘zbekistonlik ayol bo‘lgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lganini aytilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qisqa fursatda gumon qilinuvchini qo‘lga olishgan. U 34 yoshli mahalliy fuqaro ekanligini aniqlagan. Jinoyatchi shahar chekkasidagi bog‘ uyushmasida yashirinishga uringan.

"Tulskie novosti" axborot agentligining xabar qilishicha, qotil va uning qurboni qo‘shni bo‘lishgan va ular o‘rtasida muntazam ravishda janjal kelib chiqqan. Erkak ayolga va uning bolalariga tahdid qilgan. Ayol qotillik sodir bo‘lishidan bir necha kun ilgari uning ustidan politsiyaga shikoyat qilgan

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda. Tergovchilar hodisa joyini kechirib, jinoiy ish uchun daliliy ahamiyatga ega predmetlar olishmoqda. Shuningdek, sud tibbiyot ekspertizalari tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0