Toshkentda 3 transport ishtirokidagi YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Skuter haydovchisining oraliq masofani saqlamaganligi YTHning dastlabki sababi sifatida ko‘rilmoqda.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. 29 aprel kuni Toshkent shahridagi Ohangaron yo‘lida skuter, “Tiko” avtomobili va 44-yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida skuterni boshqargan 34 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Buxorodagi mudhish YTHda yosh ona va uning bir yoshga to‘lmagan qizalog‘i halok bo‘ldi

Guvohlarning va “Tiko” va avtobus haydovchilarining so‘zlariga ko‘ra, skuter svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtagan “Tiko” mashinasi bilan to‘qnashgan va boshqaruvni yo‘qotib, o‘ng tomonida harakatlanib kelayotgan avtobusga borib urilgan.

Skuter haydovchisining masofani saqlamaganligi YTHning dastlabki sababi sifatida ko‘rilmoqda.

Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida, ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urilib, yonib ketgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0