Qisqa muddatli yomg‘ir: 30-aprelda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 30-aprelda mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 30-aprelda O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30-aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0