Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishDini
Dini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, xitoylik mutaxassislar qovun dalalarini obdon tekshiradi. So‘ngra tegishli hujjat imzolanadi va ushbu mahsulotlarni importiga ruxsat beriladi.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda.

"O‘zdavkarantin" inspeksiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Pekin shahrida 22-23 aprel kunlari O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari E. G‘aniyev, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi boshlig‘i I. Ergashev Xitoyning Bojxona ma’muriyati boshlig‘i Ni Yufen bilan fitosanitar talablar asosida qator mahsulotlar eksportini amalga oshirish borasida muzokara olib borgan. Muzokara chog‘ida Xitoyga qovun eksportiga fitosanitariya ruxsatnomasini berish tartibi muhokama qilingan.

Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi rivojlantiriladi

Tomonlar Xitoy tomoni Inspeksiya tomonidan olingan texnik ma’lumotlarga asosan, zararkunanda xavfini tahlil qilish jarayoni yakunlanganini ta’kidladi. Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, xitoylik mutaxassislar qovun dalalarini obdon tekshiradi. Yakunda tegishli hujjat imzolanadi va ushbu mahsulotlarni importiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik dasturi loyihasi ko‘rib chiqildi. Ikki yillik muddatni o‘z ichiga olgan mazkur hujjatda O‘zbekistondan Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlar eksporti masalasi ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjat joriy yilning may oyida xitoylik mutaxassislarning Toshkent shahriga tashrifi doirasida imzolanishi mumkin.

Shuningdek, uchrashuvda o‘simliklar karantini tizimida soha xodimlarining malakasini hamkorlikda oshirish singari masalalar ham muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0