Ekspert eng yuqori harbiy xarajatlarga ega mamlakatlar reytingiga izoh berdi

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri, Harbiy siyosatchilar uyushmasi eksperti, zaxiradagi polkovnik Andrey Koshkin harbiy xarajatlar bo‘yicha mamlakatlar reytingi natijalarini tushuntirib berdi.

Tinchlik muammolari bo‘yicha Stokgolm xalqaro tadqiqotlar instituti (SIPRI) harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar reytingini e’lon qildi. 2018-yili jahon harbiy xarajatlari 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatgich 2017-yilga qaraganda 2,6 foizga ko‘proq.

Hisobotga ko‘ra, AQSh 2018-yilda harbiy maqsadlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan mamlakatlar yetakchisiga aylandi. 2010-yildan buyon ilk marotaba AQSh xarajatlari 4,6 foizga o‘sib, 649 milliard dollarni tashkil etdi.

Rossiya ilk bor birinchi yetakchi beshtalikka kiritilmadi. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 61,4 milliardni tashkil etgan. Bu etgan yilga qaraganda 3,5 foizga kam. Shu tariqa Rossiya reytingning 6-pog‘onasidan o‘rin olgan.

“Rossiyaga qarshi olib borilayotgan axborot urushini inobatga olish kerak. Ular hatto dalillar borasida o‘ylab ko‘rishmaydi. Ularni asosiy masala tashvishga soladi: Rossiyani axborot makonida ayblash va jazolash kerak. Mana hozir ham ko‘rinib turibdiki, butun dunyo bo‘ylab qurollanish xarajatlari o‘sib bormoqda. Rossiya yetakchi emas, biroq bu hech kimni tashvishga solmaydi. Asosiysi – hammaga Rossiya “agressor” deb jar solish va soliq to‘lovchilar hisobidan qurollanishga bujetning ko‘proq mablag‘iga ega chiqish. Bugungi kunda AQSh va NATOga a’zo davlatlar xuddi shunday qilib kelishmoqda”, - dedi Andrey Koshkin Sputnik radio efirida.

Uning fikriga ko‘ra, amerikaliklar harbiy xarajatlar reytingida yetakchi ekanligi ularni hayron qoldirmaydi.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Koshkin: strani Zapada za schet informatsionnoy voyni vibivayut dengi na orujie
Yangiliklar lentasi
0