Jamiyat

Toshkentda ikki kun davomida ayrim koʻchalarda harakat cheklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v Tashkente
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda velosiped sportining shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim koʻchalarda transport harakati qisman cheklanadi.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. 27-28 aprel kunlari Toshkentda velosiped sportining shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionatining asosiy musobaqalari oʻtkaziladi.  

Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, shu munosabat bilan qator koʻchalarda transport vositalari uchun harakatlanish qisman cheklanadi.

Xususan, soat 11:00 dan 13:00 gacha Amir Temur, Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Maxtumquli va Ohangaron shossesi koʻchalarida harakatlanish qisman cheklanishi mumkin.

© Press-slujba GUVD TashkentaV Tashkente 27-28 aprelya ogranichat dvijeniye transporta iz-za chempionata Azii po shosseynomu velosportu
Toshkentda ikki kun davomida ayrim koʻchalarda harakat cheklanadi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente 27-28 aprelya ogranichat dvijeniye transporta iz-za chempionata Azii po shosseynomu velosportu
Yangiliklar lentasi
0