Hodisalar

TIV Qozogʻistonda oʻgʻirlab ketilgan oʻzbekistonlik haqidagi xabar yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Pavel LisitsыnNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu vaziyat boʻyicha Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar koʻrmoqda.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻistonda oʻgʻirlab ketilgan Oʻzbekiston fuqarosi haqidagi maʼlumotga izoh berdi.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Irkutskda oʻzbekistonlikni oʻgʻirlab ketib, uni evaziga mashina va 50 ta qoʻy talab qilishdi

Xabarda yozilishicha, 2019 yilning 25 aprel kuni Qozogʻistonning Atirau viloyati politsiya departamentining Ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi maʼlumotiga tayanib OAVda Atirau shahrining huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bir guruh shaxslar qoʻlga olingani haqidagi xabar tarqaldi. 

Ushbu guruh 16 aprel kuni Oʻzbekiston fuqarosi S.Y.ni oʻgʻirlagani va uning doʻsti Oʻzbekiston fuqarosidan 300 ming tenge miqdoridagi pul olgani aytilmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti ushbu vaziyat boʻyicha Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar koʻrayotganligini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0