TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi oʻn kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
- kontsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;
- tanlov va festivallarda qatnashganligi;
- madaniyat va sanʼat sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direktsiyasining tavsiyanomasiga egaligi;
- yoshi 18 yoshdan yuqori boʻlishi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan sanʼatkorlar va jamoalar festival oʻtkaziladigan yilning 1 iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.
© Sputnik / Shark Taronalari

Shark Taronalari
© Sputnik /