TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Yekaterinburglik politsiya xodimi, praporshik Anna Xramtsova birinchi “Rosgvardiya goʻzali” foto-tanlovining gʻolibi boʻldi.
Xramtsovaga 57 mingdan ortiq kishi ovoz berdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Tanlovda jami Rossiyanig barcha viloyatlarida Rosgvardiyada xizmat qiluvchi mingdan ortiq ayol xodimlari qatnashdi.
Tanlov ikki bosqichda oʻtkazildi: dastlab ishtirokchilar xizmat faoliyati va erishgan yutuqlari haqida soʻzlab berishlari talab etilgan. Keyin esa ishtirokchilar qiziqishlarini aks etuvchi foto-suratlarni taqdim etishi zarur boʻlgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Suratlar tanlanib, Rosgvardiya rasmiy saytida joylashtirildi. Bir oy davomida onlayn tarzda ovoz berishga qoʻyildi.
Taʼkidlanishicha, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodim va 12 nafar final qatnashchining foto suratlari Rosgvardiyaning 2020 yil kalendarida chop etiladi.