TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun Toshkentda davom etayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv boʻlib oʻtdi.
Unda ayollar 112.8 kilometr masofaga kechgan poygada oʻzaro bahs olib borishdi.
Mazkur yoʻnalish gʻolibga qitʼa chempoinligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yoʻllanmasini berilishi koʻzda tutilgan.
Poyga oʻzbekistonlik Olga Zabelinskayaning gʻalabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi Olimpiada yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Zabelinskaya masofani 3 soat, 9 daqiqayu 5 soniyada bosib oʻtdi.