TOShKENT, 26 apr – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi stuardessasi Karina Raxmanova Sky Lady 2019 go‘zallik tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov hay’ati g‘oliblikni Nord Star kompaniyasi stuardessasi Zarina Stroyevaga berdi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zini namoyon qilish, savollarga javob berishi, casual, stuardessa formasida va kechki libosda podiumdan o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Sky Lady 2019 tanlovida Rossiya, O‘zbekiston, Belarusdan 17 ta aviakompaniya vakillari qatnashdi.


