TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent shahrida uy olib berishni va’da qilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasining xabar qilishicha, 2018-yil oktabr oyida Bama Biznes korxonasi rahbari va qashqadaryolik fuqaro Yashnobod tumanida yashovchi ayolga Bama Biznes MChJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishliklarini aytib, aldov yo‘li bilan ayoldan Sergeli dahasi hududida 12000 dollar olishgan.
Biroq shu kunga qadar va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X.lar ushlangan”, - deyiladi xabarda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.