TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Bugun, 25-aprel kuni o‘zbek san’atkorlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirokida “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas” nomi ostida “Sharaf tasmasi” targ‘iboti boshlandi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi binosi va “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
“Sharaf tasmasi” bu o‘z navbatida Vatan uchun jon fido qilgan insonlar xotirasiga hurmat hamda Ikkinchi jahon urushining bugun hayot bo‘lgan barcha ishtirokchilaridan iftixor hissini ifodalaydi. Bundan tashqari davlatimiz bayrog‘i ramzidagi mazkur timsol yosh avlod uchun yuksak vatanparvarlik namunasiga ham aylanib bormoqda.”- deyilgan xabarda.
Targ‘ibot tadbirlarida san’atkorlar, xonandalar faol ishtirok etishmoqda.