Putin musulmon davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksandr VilfMechet Kul-Sharif – glavnaya sobornaya mechet Tatarstana
Mechet Kul-Sharif – glavnaya sobornaya mechet Tatarstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya – Islom dunyosi” sammitida so‘zlagan nutqida, musulmon mamlakatlar bilan adolatli iqtisodiy munosabatlarning muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Qozon shahrida XI-chi “Rossiya – Islom dunyosi” xalqaro sammiti o‘tkazildi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.

Rossiya yetakchisi o‘z nutqida, musulmon davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar tizimini yanada adolatli va o‘zaro manfaatli qilish juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimini qanday yanada adolatli va o‘zaro manfaatli qilish, buyruqbozlik va adolatsiz raqobatdan xoli qilish haqida o‘ylab ko‘rish kerak”, - dedi Rossiya prezidenti.

Putin sammitda ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasida savdo-investitsion va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ko‘plab dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish borasida o‘z fikrlarini aytdi.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishIX Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit "Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit 2017". Den perviy
Putin musulmon davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi - Sputnik O‘zbekiston
IX Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit "Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit 2017". Den perviy

Eslatib o‘tamiz, “Qozon Ekspo” ko‘rgazma markazida “Rossiya- Islom dunyosi: KazanSummit” xalqaro iqtisodiy sammit doirasida Rossiyada eng yirik halol sanoati Russia Halal Expo 2019 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.

Yangiliklar lentasi
0