"Olmazor" bekatidan Sergeliga qatnaydigan yangi avtobus paydo bo‘ldi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentAO “Toshshaxartransxizmat” poluchil novie avtobusi
AO “Toshshaxartransxizmat” poluchil novie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergelida yangi uylar qurilishi munosabati bilan, "Toshshahyo‘lovchixizmat" yangi avtobus yo‘nalishlari joriy etmoqda.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Sergelida yangi qurilgan uylarni shahar markazi bilan bog‘lash maqsadida yangi avtobus yo‘nalishi ochildi, deb xabar qilmoqda “Toshshahyo‘lovchitrans”.  

“Jumladan, 133A–“Yangi Sergeli mavzesi — “Olmazor” metro bekati” yo‘nalishi faoliyati joriy yil 25-apreldan yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oralig‘ida qatnaydi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi avtobus yo‘nalishi joriy etishga sabab Toshkent shahrida yangi uy-joylarning qurilishi, shu asosda yangi mavze va aholi punktlarining bunyod etilayotgani jamoat transportiga talabning ortishiga sabab bo‘lgan.  

Sergeli tumanida qisqa fursatda bunyod etilgan yangi uylar bugun katta mavzega aylandi.Shundan kelib chiqib “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan ushbu mavzelardan o‘tuvchi yo‘nalishlarning harakat jadvaliga qo‘shimcha avtobuslar biriktirishga qaror qilingan.

Yangiliklar lentasi
0