TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida 7-may kuni “G‘alaba diktanti” tarixiy aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbir Vosit Vohidov ko‘chasi, 53-uy manzilida mahalliy vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi. Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim. Natijalar va g‘oliblar ismi 12-iyun kuni diktantpobedi.rf saytida e’lon qilinadi.
“G‘alaba diktanti” aksiyasi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 74-yilligini nishonlash munosabati bilan o‘tkaziladi. Ushbu tadbir 22 mamlakatda, jumladan, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Germaniya, Isroil, Polshada o‘tkaziladi.