Tojikistonlik amaldor tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagani uchun ishdan bo‘shatildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGostey vstrechali po uzbekskim obichayam: kormili vkusno i pravilno
Gostey vstrechali po uzbekskim obichayam: kormili vkusno i pravilno - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etdi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi xabar qildi.

Svadebniy kortej. - Sputnik O‘zbekiston
Juda uzun: tojikistonlik kuyov nima uchun jarimaga tortildi

“Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov 20-mart kuni o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etdi. Mehmonlar uchun ikkita ziyofat tashkil qilindi”, - deyilgan xabarda.  

Tavallud kunda mehmon sifatida soliq xizmati, xarbiy komissariat vakillari hamda boshqa amaldorlar qatnashgan.

Panjikent shahri meri prokuror ko‘rsatmasiga asosan Ahmadullo Ibrohimovni ishdan bo‘shatgan.

Tojikistonda 2007-yilda “An’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida” qonun kuchga kirgandi. Qonunda nazarda tutilgan yuqori jarimalarga qaramasdan ko‘plab fuqarolar dabdabali tadbirlarni o‘tkazishni davom etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0