Koshkin: O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston mashg‘ulotlari – afg‘on tahdidiga javob

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri, Harbiy siyosatchilar uyushmasi eksperti, zaxiradagi polkovnik Andrey Koshkin Toshkentning mintaqadagi mamlakatlar bilan harbiy hamkorlikni kengaytirayotgani mantiqan va o‘z vaqtida qilinayotgan hamkorlik deb hisoblaydi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, rejalashtirilgan mashg‘ulotlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan tanlagan boshqa mamlakatlarning harbiylari va maxsus bo‘linmalari bilan har tomonlama hamkorlik taktikasiga mos keladi.

“O‘zbekiston Rossiyaning maxsus bo‘linmalari bilan allaqachon mashg‘ulotlar o‘tkazdi, o‘tgan yili qozog‘istonlik hamkasblar bilan hamda Tojikiston harbiylari bilan keng ko‘lamdagi maxsus operatsiyalar mashg‘ulotlari bo‘lgandi. Endilikda Turkiya va Pokiston bilan. Bir hisobda, bu kabi yaqin hamkorlik zaruriyati Afg‘onistondagi murakkab holat va bu davlat hududidan jangari va terrorchilarni kirib kelish tahdidi bilan yuzaga kelgan”, - deya ta’kidladi Koshkin.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashg‘ulotlarga tayyor – foto

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning turli mamlakatlari xavfsizlik sohasida qancha faolroq hamkorlik qilib, tajriba almashsa, mintaqadagi vaziyat shuncha barqarorlashadi.

O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Koshkin: ucheniya Uzbekistana, Tursii i Pakistana — otvet na afganskuyu ugrozu
Yangiliklar lentasi
0