Smartfonni 100 foizgacha quvvatlash qanday salbiy holatlarga olib keladi?

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishZaradnaya stansiya dlya mobilnix gadjetov
Zaradnaya stansiya dlya mobilnix gadjetov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Smartfonni 100 foizgacha quvvatlash va uning to‘liq quvvatsizlanishi akkumulyator ish faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Smartfonni 100 foizgacha quvvatlash va uning to‘liq quvvatsizlanishi akkumulyatorning xizmat muddatini qisqartiradi. Bu haqda Mail.ru Hi-Tech texnika bo‘yicha ekspertlar portalining rahbari Dmitriy Rabinin RIA Novostiga ma’lum qilgan.

“Quvvat olishda qoldirilgan smartfon akkumulyatori kuchini 100 foizda saqlab qolish uchun to‘yinishda davom etadi, demak, tarmoqdagi kuchlanish natijasida qizib boraveradi, — dedi u.

Sotoviy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning eng yaxshi 20 ta smartfoni ma’lum qilindi

Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon ekranida quvvat 90 foizga yaqinlashgani yoki undan sal kamroq quvvatga ega bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lganidan so‘ng quvvatlash moslamasini tokdan uzib qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Ekspert turli smartfon ishlab chiqaruvchilarning “tez quvvatlanish” prinsipi shunga asoslanganini qo‘shimcha qildi. Ya’ni, avvaliga telefon maksimal darajada tez quvvatlanadi, yarim soat ichida 70 foizgacha quvvatlanishi mumkin. Shundan so‘ng quvvatlanish jarayoni akkumulyator sovushi uchun sekinlashdi.

“Qayd etish joizki, akkumlyatorlar to‘liq quvvatsizlanishni ham yoqtirishmadi: o‘chiq holatidagi telefonni tez-tez quvvatlantirish batareyaning xizmat muddatini qisqartiradi”, - deya xulosa qilgan Rabinin.

Yangiliklar lentasi
0