TOSHKENT, 23 apr – Sputnik. “Islom davlati” Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Bu haqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayanib xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti oroldagi hujumlarga aloqadorligi haqidagi dalillarni taqdim etmagan.
21 aprel kuni Shri-Lankada katoliklarning Pasxa bayrami marosimida qator portlashlar sodir boʻldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va mehmonxonalarda, yettinchi orolning gʻarbida, sakkizinchi Kolomboning aholi turar majmuada sodir boʻldi.
Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.
Sapyorlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 321 kishi halok boʻlgan, 520 kishi jarohatlangan.
Mamlakat hukumati 23 aprel kunini motam kuni eʼlon qildi.