Jalbirak-TV YouTube-kanalida Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov ishtirokida oʻtkazilgan tadbir videosi paydo boʻldi.
Videoda ayrim amaldorlar uxlab qolgani koʻrinadi.
Biroq amaldorlar prezident nutqi vaqtida yoki boshqa vaqt uxlab qolgani nomaʼlum.
Tadbirda Oʻsh, Batkent, Jalolobod viloyatlari davlat organlari rahbar va xodimlari, ishbilarmonlar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari jami 500 ortiq kishi ishtirok etdi.