Dunyoda

Poroshenko sudga berildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishPetr Poroshenko
Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Daʼvogar prezidentni harakatsizlikda ayblab, moddiy zararni undirib berishni talab qilmoqda.

TOSHKENT, 23 apr – Sputnik. Kiyev shahar maʼmuriy okrug sudi sudyasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda RIA Novosti sud matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Prezident Ukrainы Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ukraina telekanali Poroshenkoni sudga beradi

Ism-sharifi oshkor etilmagan daʼvogar sudyaning maʼlum qilishicha, davlat rahbari sudyani lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni chiqarmagan. Shunday qilib Poroshenko “Sudyalarni lavozimga tayinlash va sudyalar maqomi toʻgʻrisida”gi qonunni buzgan. Daʼvogar prezidentni harakatsizlikda ayblab, moddiy zararni undirib berishni talab qilmoqda.

Xabarda daʼvo arizasi Oliy sudning kassatsiya maʼmuriy sudida koʻrib chiqilishi aytilgan.

21 aprel, yakshanba kuni Ukrainada prezident saylovining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. 99 foiz ovozlar hisob-kitobi natijasiga koʻra 73 foizdan koʻproq ovoz toʻplagan Vladimir Zelenskiy prezidentlik poygasida yetakchilik qildi. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni 25 foizga yaqin saylovchilar qoʻllab-quvvatlagan.

Yangiliklar lentasi
0