TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Nur Otan partiyasi navbatdan tashqari yig‘ilishida Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘ziga yosh keldi.
Video YouTubega joylashtirildi.
Nursulton Nazarboyev Kasim-Jomart Tokayevni Nur Otan partiyasidan Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi.
Tokayevning nomzodini 623 nafar delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni televidenie orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi.
Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.
Tokayev o‘z murojaatida Qozog‘istonda shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.