TOShKENT, 23 apr – Sputnik. AQSh Federal qidiruv burosi Gitlerni 1945-yilda Argentinaga qochib ketishi haqida maxfiy hujjatlarni oshkor qildi.
E’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, Gitler suv osti kemada Janubiy Amerikaga yetib borgan.
Argentinaning 6 nafar yuqori lavozimli shaxslar unga boshpana – And shimoliy qismida rancho bergan.
Ta’kidlanishicha, ma’lumotlar FBR direktori Edgar Guverga yetib borgan. Ammo buroning rahbariyati ularni “to‘liqsiz” deb hisoblab, Gitlerni bu ma’lumot asosida qidirishni davom ettirish mumkin emasligiga qaror qildi.
Birinchi bayonotning sanasi 1945-yil 21-sentabr deb qayd etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Adolf Gitler 1945-yil 30-aprel kuni o‘z joniga qasd qilgan.
O‘tgan yil oktabr oyida AQSh razvedkasi Gitlerning jinsiy hayoti haqidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etgandi.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi maxfiy hisobotida aytilishicha, Germaniya fashistik davlati yetakchisi Adolf Gitler sadomaxistik moyilliklariga ega bo‘lgan. O‘zini gomoseksual va geteroseksual oriyentatsiyasida deb hisoblagan.
Hisobotda aytilishicha, Gitler “sadomazaxistik, yoshlikda gomoseksualizmga moyilligi” bo‘lgan. Bundan tashqari, Gitler o‘zining bo‘lajak o‘rinbosari Rudolf Gessega nisbatan shahvoniy qiziqishi bo‘lgan. Ular 20-yillarda birga qamoqda bo‘lishgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Gess gomoseksual bo‘lib, “unda ayollar liboslarini kiyish odati bo‘lgani” uchun “Froylen Anna” laqabini olgan.
Shuningdek, hisobotda Gitler “yosh yigitlarga qarashdan estetik zavq olgan”.
Hisobotda Gitlerning jinsiy hayotidagi faktlardan tashqari, uning bolaligi, ta’limi, yaxshi ko‘rgan taomlari, musiqa va odatlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan.