Toshkentda birinchi xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Toshkentda 25-27 aprel kunlari 40 mamlakatdan 1000dan ortiq kishi ishtirokida birinchi xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba yirik xalqaro yuridik forum bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” telegram kanali.

Generalniy konsul Rustam Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar, talabalar va biznes forum: O‘zbekiston va Uzoq Sharqni nima birlashtiradi

Forumda 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Ulardan 250 nafari 40 mamlakatdan kelgan xorijiy mehmonlar bo‘lishi kutilmoqda.

Xalqaro yuridik forumda AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Yaponiyadan kelgan yuridik ekspertlar ishtirok etadi.

Shuningdek, Koreya, Singapur, Rossiya, Saudiya Arabistoni,  Shri-lanka, Belorus, Ozarbayjon, Afg‘oniston kabi davlatlarning Adliya vazirlari va vazir o‘rinbosarlari, qonun chiqaruvchi organlari va dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbarlaridir ham Toshkentga kelishmoqda.

Bundan tashqari, forumda “The Legal 500” xalqaro reytingida yetakchi bo‘lgan yuridik kompaniyalar ham ishtirok etadi.

Forumda so‘z yuritiladigan asosiy yo‘nalishlar:

  • Sifatli davlat boshqaruvi
  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish
  • Faol investitsiya siyosati

Undan tashqari “Sud ekspertiza”, “Notariat” mavzularida davra suhbatlari  va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.  

Yangiliklar lentasi
0