TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Jambul viloyatida yuz bergan YTH natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 7 nafari Qozog‘iston fuqarosi, uch nafari o‘zbekistonlikdir, avariyaning yana bir qurboni shaxsi aniqlashtirilmoqda. Bu haqda Olma-otadagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligining mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashesi xabar berdi.
Halok bo‘lganlar ro‘yxatida 1993-yilda tug‘ilgan Abduhalikov O‘rinboy Mirxamitovich, 1988-yilda tug‘ilgan Kalmuratov Alisher Saparbayevich va 1972-yilda tug‘ilgan Yermekbayeva Dilorom bor.
Diplomatik vakolatxona jabrlangan vatandoshlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilgan: Uljabayev Abbos 1994-yilda tug‘ilgan; Xayitbayev Omirbek 1988-yilda tug‘ilgan; Abdusatirov Zavodbek 1999-yilda tug‘ilgan; Jumaniyozov Marxamat 1996-yilda tug‘ilgan; (og‘ir ahvolda) Axmetova Radmila 1994-yilda tug‘ilgan; (og‘ir ahvolda) Matirjonov Otabek Abdullevich 1985-yilda tug‘ilgan; Seytmuratov Dosjan Dauletovich 1987-yilda tug‘ilgan; Xaydarov Sardar Amarbeko‘g‘li 1994-yilda tug‘ilgan; Ilyasov Maris 1974-yilda tug‘ilgan; (og‘ir ahvolda) Islameddinov Abduxattar o‘g‘li 1997yilda tug‘ilgan; Mombetov Nasreddin 1971-yilda tug‘ilgan; Japarov Shodlik Maxsudovich 1984-yilda tug‘ilgan.
Sal oldin Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev o‘zining Twitterdagi mikroblogida, avariya oqibatida 11 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Dahshatli avariya Olma-Ota - Toshkent trassasining 181-kilometrida 20-aprel kuni tong sahar soat beshda yuz bergan. Toyota avtomobili xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasi bilan yo‘lni bo‘lisholmagan. Trassada harakatlanib borayotgan yo‘lovchi avtobusi avariyaga uchragan avtomobil bilan to‘qnashuvning oldini olaman deb, manevrni amalga oshirgan va ag‘darilgan.