"Uch soatda manzilga eltadi": Samarqand-Toshkent avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

CC0 / pixabay / Salon avtobusa
Salon avtobusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish vaqti uch soatni va chipta narxi bir yo‘lovchi uchun bir tomonga 25 ming so‘mni tashkil etadi

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. 17-aprel kunidan "Samarqand-Toshkent" shaharlararo avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Zapushen noviy mejdunarodniy avtobusniy marshrut Samarkand – Turkistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi xalqaro avtobus qatnovini ishga tushirdi

Xabarda aytilishicha, "Samarqand-Toshkent"  shaharlararo zamonaviy avtobus qatnovi Samarqand shahridagi avtomobillar Bosh bekati orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha har kuni ertalab soat 07:00, 09:00, 10:00 da Samarqand shahridan va kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 13:30, 16:00, 18:00 da Toshkent shahridan harakatlanishi belgilangan.

Yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish vaqti 3 soatni va chipta narxi 1 yo‘lovchi uchun bir tomonga 25 ming so‘mni tashkil etadi (avtobus 55 ta o‘ringa ega).

Yangiliklar lentasi
0