O‘zbekiston poytaxtida rossiyalik vatandoshlar mintaqaviy anjmuni o‘tkazildi. Tadbir sanasi respublikadagi Rus madaniy markazi yubiley sanasiga to‘g‘ri keldi. Delegatlar sobiq ittifoq respublikalaridagi kun tartibida turgan muammolarni muhokama qilibgina qolmay, balki O‘zbekistondagi vatandoshlar hayoti bilan ham yaqindan tanishdilar.
"Toshkentda navbatdagi anjumanga to‘planganimizdan zarracha afsuslanmadik. Bu mavzuga Rossiya elchixonasi va mahalliy hukumat qay darajada e’tibor qaratayotganini ko‘rib turibmiz. Vatandoshlarimizga taalluqli barcha masalalarni muhokama qilibgina qolmay, ularning hayot tarzi bilan ham yaqindan tanishdik. Ertaga regionlar bo‘ylab safarlarga chiqamiz va bu bizga joylarda holat qanday ekanligini bilishga imkon yaratadi", — deb ta’kidladi Drozdov.
Butunjahon rossiyalik vatandoshlar muvofiqlashtirish kengashi raisining to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radio podkastida tinglang.