O‘zbekistonda 2019-yilda 3,5 tonnadan ko‘proq sabzavot yetishtiriladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishPosev podsolnechnika v poselke Dvubratskom
Posev podsolnechnika v poselke Dvubratskom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qariyb 172 ming gektar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga sabzavotlar ekiladi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilda qariyb 172 ming gektar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga sabzavotlar ekiladi hamda 3 mln 500 ming tonnadan ko‘proq sabzavot yetishtiriladi. Bu Hukumatning “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Kartofel - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yilda qariyb 1,5 mln tonna kartoshka yetishtiriladi

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Ta’kidlanishicha, 23 ming gektar yerga piyoz, 18 ming gektarga sabzi ekiladi.

Jami 31 ming 500 gektar yerdan 667 ming tonna poliz ekinlari, 47 ming gektardan 1 mln tonnadan ko‘proq kartoshka, 26 ming 700 gektardan 80 ming tonna dukkakli ekinlar olish rejalashtirilgan, deyiladi hujjat matnida.

Jami yetishtirilgan mahsulotlarning deyarli 5 mln tonnasi ichki iste’mol uchun, 690 ming tonnasi eksportga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0