Yog‘aver yomg‘ir: 20-aprelda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 20-aprelda mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 20-aprelda O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20-aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ertalab va kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 metrdan baland tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0