Jizzaxda “Damas” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi: ikki kishi halok bo‘ldi

© pixabayMashina posle DTP. Illyustrativnoe foto
Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro yo‘l chetida to‘xtab turgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Jizzax viloyatida “Damas” va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

V svazi s novimi pravilami PDD viros spros na avtomobilniy znak Shipi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 5 yashar bolani bosib ketgan haydovchi hodisa joyidan qochib ketdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 18-aprel kuni fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinani “Toshkent-Termiz” yo‘lining 971-km.da haydab ketayotgan vaqtda yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

“Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi N.N. va uning yo‘lovchisi 25 yoshli A.B.lar jarohat olib voqea joyida vafot etganlar”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0