Xavfli sabzavot: Qozog‘istonda to‘rt nafar tojikistonlik chirigan kartoshkadan zaharlandi

Obuna bo‘lish
Yer to‘ladagi chirigan kartoshka to‘rt nafar kishining umriga zomin bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, fuqarolar yerto‘ladagi chirigan kartoshkadan chiqqan og‘ir gazdan zaharlanishdi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Qozog‘istonda to‘rt nafar tojikistonlik chirigan kartoshkadan zaharlandi.

Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, baxtsiz hodisa 18-aprel kuni Akmolinsk viloyatida sodir bo‘ldi.

“To‘rt erkak, ularda biri 17 yoshli o‘smir Derjavinsk shahrida xususiy uylarning birining yerto‘lasiga tushishdi.  Uch nafar erkak joyida, yigit esa shifoxonada vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Barcha halok bo‘lganlar Tojikiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0