TOShKENT, 19 apr - Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Laziz Hoshimov Rossiyada Bentley avtomobilini yutib oldi.
Laziz rossiyalik bloger Mixail Litvin tomonidan kuzatuvchilari o‘rtasida tashkil etilgan chellenjda ishtirok etdi va o‘zining sabr-toqatli va bardoshli ekanligi sabab qizil rangli Bentley avtomobiliga ega chiqdi.
Tanlovning asosiy sharti – bu Bentley᾽ga kim qo‘lini uzoq qo‘yib tura olish edi.
O‘zbekistonlik Bentley yonidan jilmasdan 30 soat turishga muvaffaq bo‘ldi.
U o‘zining Instagram sahifasida yutib olgan mashinasi suratini joylashtirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Quyidagi havola orqali chellenj qanday kechganini tomosha qilishingiz mumkin.