TOShKENT, 18 apr – Sputnik. NATOning harbiy-dengiz guruhi Boltiq dengiziga kirib keldi, bu haqda Rossiya mudofaa markazi xabar qildi.
NATO kemalariga – AQShning “Greyvli” kemasi, Polshaning “K.Pulaski”, Turkiyaning “Gekova” va Ispaniyaning "Xuan de Burbon" fregat kemalari Boltiq dengiziga kirib keldi.
Rossiyalik mutaxassislar hamkasblar harakatini kuzatishmoqda. Kutilmagan holatlarga tezkorlik bilan javob berish maqsadida o‘quv-mashq tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu bilan birga, zarba beruvchi kemalari, “Bastion” va “Bal” qirg‘oq raketa majmualari hamda dengiz aviatsiya samolyotlarining navbatchilik qilishi tashkil qilindi.