Milliy gvardiya xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish Milliy gvardiya bo‘linmalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Sotrudniki Rosgvardii vo vremya ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari Rosgvardiya oliygohlarida tahsil olishi mumkin

Nizomga muvofiq, autsorserlar xokimliklar tomonidan tanlab olinadi.

Autsorsing xizmati uchun hisob-kitob 15 foiz oldindan, 85 foiz haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob keyingi oyning 5-sanasigacha amalga oshiriladi.

Autsorser foydalanadigan oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro va milliy standartlarga javob berishi shart.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati tibbiy xodim tomonidan tekshirib boriladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish Milliy gvardiya bo‘linmalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Oshxona uchun berilgan moddiy-texnik vositalar autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston harbiylari Rosgvardiya oliygohlarida tahsil olishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

O‘zbekistonlik mutaxassislarni Rosgvardiya oliy harbiy o‘quv yurtlarida tahsil olishini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Bu haqda Rosgvardiya direktori birinchi o‘rinbosari general-polkovnik Sergey Melikov ma’lum qildi.

 


Yangiliklar lentasi
0