TOShKENT, 18 apr – Sputnik. 2019/2021 o‘quv yilidan mahkumlarni o‘qitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi hamda bu bo‘yicha Harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.
Bu Hukumatning “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida 6 ta idoraviy umumta’lim maktablari va maktablarning filiallari faoliyat yuritmoqda.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati IIB Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasining 5-maktabi Zangiota tumani 35-maktabi bilan birlashtirildi. Hamda Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasida mazkur maktabning filiali tashkil etildi.
Shuningdek, Kasb-hunar ta’limi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududidagi 4 ta kasb-hunar ta’limi muassasalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib kasb-hunarga o‘rgatish markazlariga aylantirildi.
O‘zbekiston qamoqxonalarida nechta qirg‘izistonlik borligi ma’lum bo‘ldi
Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi, deyiladi hujjat matnida.