Andijonda qutqaruvchilar tog‘dan yiqilgan bolani qutqarib qolishdi - foto

© YouTubeV Andijane MChS spaslo rebenka, upavshego s gori
V Andijane MChS spaslo rebenka, upavshego s gori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Do‘stlari bilan “Imom ota” dam olish maskaniga sayr qilishga chiqqan fuqaro kutilmaganda tog‘ tepaligidan pastga qulab ketgan. U ertasi kuni tog‘li hududda behush holda topilgan.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Andijon viloyati FVV tezkor navbatchilik qismining qutqaruvchilari tog‘da yo‘qolgan bolani topishdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14-aprel kuni fuqaro Andijon viloyati FVV tezkor navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, Xo‘jaobod tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro do‘stlari bilan tumandagi “Imom ota” dam olish maskaniga sayr qilishga chiqqanligi va kutilmaganda tog‘ tepaligidan pastga qulab ketganligini ma’lum qilgan. Qutqaruv ishlarida amaliy yordam berishni so‘ragan.

Chaqiruv bo‘yicha boshqarma boshlig‘i rahbarligida Qutqaruv otradining 5 nafar qutqaruvchisi 2 ta texnikada tezkorlik bilan ko‘ngilsiz hodisa yuz bergan joyga borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishgan. Qidiruv ishlariga yo‘qolgan fuqaroning dam olishga birga chiqqan 3 nafar hamrohi, dam olish maskani ishchilari, mahalliy aholi vakillari hamda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari jalb etilgan.

“O‘z vaqtida va astoydil olib borilgan qidiruv ishlari natijasida yo‘qolgan yigit ertasi kuni soat 10.00da tog‘li hududda behush holda topildi”, - deyiladi xabarda.

© MChS Respubliki UzbekistanSotrudniki MChS spasli rebenka, upavshego s gori v Andijane
Sotrudniki MChS spasli rebenka, upavshego s gori v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
1/4
Sotrudniki MChS spasli rebenka, upavshego s gori v Andijane
© MChS Respubliki UzbekistanSotrudniki MChS spasli rebenka, upavshego s gori v Andijane
Sotrudniki MChS spasli rebenka, upavshego s gori v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
2/4

3/4

4/4

Ehtiyotizlik oqibatida jabrlangan fuqaroga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Xo‘jaobod tumani shoshilinch tez yordam bo‘limiga yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, uning bosh va o‘ng qo‘l elka aralash qismida shikastlanishlar borligi aniqlangan va ayni paytda uning salomatligi qoniqarli ahvolda va tibbiy xodimlar nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida sobiq IIBB xodimi suvda cho‘kayotgan ayol va uning ikki qizini qutqarib qolgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0