Xitoyda ota bir kosa lag‘mon uchun qizini garovga qoldirdi

© Foto : pixabayPalochki dlya yedi
Palochki dlya yedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda ota bir kosa lag‘mon uchun ikki yoshli qizini garovga qoldirdi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Xitoyning Guandun provinsiyasidagi oshxonalarning birida ota ikki yoshli qizini garov sifatida qoldirib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qilmoqda.

Xitoyda shunday vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik o‘nlab qizlar bor - TIV

Ta’kidlanishicha, erkak olti yuan (57 rul)turadigan bir kosa lag‘mon sotib olish pul yetmagan. Shunda u tamaddixona egasiga qizini garov sifatida qoldirishini va uni olib ketish uchun ertaga kelishini ma’lum qilib, oshxonani tark etadi.   

Qizcha otasi ortidan ergashishga harakat qiladi, biroq erkak qizni ortga qaytaradi. Bola yig‘lashni boshlaydi.

Tamaddixona ishchilari qizaloqni oshxonaga olib kirib, unga sut berishadi. Shundan so‘ng politsiyaga xabar qilishadi.

Bir necha soatdan so‘ng ota qaytadi, lekin bolani topa olmaydi va politsiyaga xabar berilgani uchun oshxona egasiga baqirishni boshlaydi.

“Erkak qizimni tashlab ketmoqchi emas edim, shunchaki naqd pul topish uchun ketgandim deb turib oldi. Ammo bu ish ko‘p vaqtni oldi, chunki uning mopedi akkumulyatori o‘tirib qolgan va uni zarad qildirishga majbur bo‘lgan”, - deb xabar qilindi politsiyada.

Yangiliklar lentasi
0