Sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari xatlovdan o‘tkaziladi – hukumat qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSchetchik vodi
Schetchik vodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 1-iyulgacha barcha iste’molchilarning sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari (schotchik) xatlovdan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Hukumat qarori bilan Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Davsuvinspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni belgilashda iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini butunlay qoplash nazarda tutiladi.

Shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirish xarajatlari ham hisobga olinadi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyulgacha barcha iste’molchilarning sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari (schotchik) xatlovdan o‘tkaziladi.

2019 yil 1-avgustgacha Sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini o‘rnatish dasturi ishlab chiqiladi.

Hokimlar 2019-yil 1-iyulgacha aholining ichimlik suvni iste’mol qilish normativlarini qayta ko‘rib chiqishi lozim.

Nizomga muvofiq, suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari uy-joy kommunal xizmat ko‘satish organlari bilan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga (moliya organlari) murojaat qiladi.

Tariflar Moliya vazirligi tomonidan tegishli organlar taqdim qilgan ma’lumotlar asosida deklaratsiya qilinadi.

Tariflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror u kuchga kirishidan 15 kun oldin e’lon qilinishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0