O‘zbekiston qamoqxonalarida nechta qirg‘izistonlik borligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorij mamlakatlardagi qamoqxonalarda jami 1882 nafar Qirg‘iziston fuqarolari saqlanmoqda. Ularning katta qismi Rossiyada qamoq jazosini o‘tmoqda.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 19 nafar Qirg‘iziston fuqarolari qamoq jazosini o‘tamoqda.  Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov mamlakat parlamentida o‘z hisobotida ma’lum qildi.

Skeyteri protiv kachkov: samaya obsujdayemaya draka v Tashkente - video - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda eng ko‘p muhokama qilingan mushtlashuv – video

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, xorij mamlakatlardagi qamoqxonalarda jami 1882 nafar Qirg‘iziston fuqarolari saqlanmoqda: Rossiyada – 1335, Qozog‘istonda – 212, Tojikistonda – 34, O‘zbekistonda – 19, Xitoyda – 18, Germaniyada – 14, Turkiyada – 8.

Bundan avval IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jamshid Sultonov bergan ma’lumotlarga qaraganda, 2017-yil bilan solishtirilganda O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarning soni 10 foizga kamaydi.

Hozircha har 100 ming kishi uchun o‘rtacha 140 nafar mahbus to‘g‘ri keladi.

Sultonovning fikricha, mahbuslar sonining kamayishi mamlakatda jinoyatchilikning kamayishi bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0