Boliviya go‘zali g‘oliblik unvonidan mahrum bo‘ldi - foto

© AFP 2023 / LILLIAN SUWANRUMPHAPobeditelnitsa konkursa krasoti "Miss Boliviya — 2018" Djoys Prado
Pobeditelnitsa konkursa krasoti Miss Boliviya — 2018 Djoys Prado - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boliviya go‘zali Joys Prado g‘oliblik unvonidan mahrum etildi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. “Miss Boliviya-2018” go‘zallik tanlovi g‘olibasi Joys Prado homiladorligi uchun unvonidan mahrum etildi, deb xabar qildi Newshub.

Tanlov tashkilotchilari aytishicha, Joys shartnoma shartlarini buzgan. Shartlarga ko‘ra, tanlov g‘olibasi turmushga chiqmasligi va homilador bo‘lmasligi kerak.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Joyce Prado Ribera (@joyceprado97)

“Men dunyoda eng baxtli ayolman, chunki mening hayotim muhabbatga to‘lgan. Bizda hayotining eng ajoyib davri boshlanmoqda”, - deb yozgan Joys Instagramda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Joyce Prado Ribera (@joyceprado97)

Eslatib o‘tamiz, "Moskva go‘zali-2018" tanlov g‘olibasi Alesya Semerenko ham unvon va tojdan mahrum qilingandi. 

Tanlov tashkilotchilari go‘zalni unvondan mahrum qilish sabablariga izoh berar ekanlar, Semerenko shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmagani va tanlov g‘olibasi uchun majburiy bo‘lgan tadbirlarda umuman ko‘rinish bermaganini aytishgan edi.

Bundan tashqari, “Ukraina go‘zali – 2018” g‘olibi Veronika Didusenko ham tanlov qoidalarini buzganligi uchun unvondan mahrum etilgandi.

Tanlov qatnashchilar turmushga chiqmagan va farzandi bo‘lmasligi kerak. Ukraina go‘zali o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni bergan.

Yangiliklar lentasi
0