O‘zganing do‘konini sotib, mo‘maygina pul ishlab olgan uddaburon firibgar qo‘lga tushdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda fuqaroni do‘kon sotish bahonasida 40 ming dollarga chuv tushirib ketgan firibgar qo‘lga olindi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan do‘konni sotib, aldov yo‘li bilan fuqaroni chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘n bir ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2018-yil oktabr oyida Uchtepa tumanida yashovchi V.X. Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida fuqaro S.Q.ga o‘ziga tegishli bo‘lmagan “Chilonzor buyum savdo kompleksi”da joylashgan do‘konni sotishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 40 000 dollar olib ketganligi haqida arz qiladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, firibgar qo‘lga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0