Toshkent markazida ikki zo‘ravon skeytchilarni kaltakladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSportsmen-skeytbordist vistupayet v skeyt-parke
Sportsmen-skeytbordist vistupayet v skeyt-parke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasida barcha materiallar Yakkasaroy tumani ma’muriy sudiga yuborildi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Toshkent shahar IIBB 14-aprel kuni “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi skeyt maydonchasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan xabar e’lon qildi.

© OdnoklassnikiSkeyteri protiv kachkov: samaya obsujdayemaya draka v Tashkente - video
Toshkent markazida ikki zo‘ravon skeytchilarni kaltakladi - Sputnik O‘zbekiston
Skeyteri protiv kachkov: samaya obsujdayemaya draka v Tashkente - video

Biroz oldin ushbu maydonchada sodir bo‘lgan voqea haqida videolavha ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Unda xabar qilinishiga ko‘ra, skeytchilar maydonchada sayr qilayotgan yosh bolali onadan, bolasi tasodifan jarohatlanmasligi uchun, uni skeyt uchish maydonidan olib chiqishni so‘rashadi. Bunga javoban u ayol ikki yigitni telefon orqali chaqiradi. Ular kelib skeyt uchayotgan bolalarni musht yordamida “tarbiyalashga” tushadi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi: Mojaro 40 yoshli A.M., 28 yoshli E.T. hamda 22 yoshli P.K., K.K., va R.X.lar, orasida sodir bo‘lgan.

“Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan YPX guruhi janjalni to‘xtatdi. 22 yoshli P.K., K.K. va R.X.lar olgan jarohatlari tufayli shifokorga murojaat qilishdi", — deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jamlangan materiallar Yakkasaroy tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0