TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Tibbiyot fanlar nomzodi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Gennadiy Onishenko qizamiqqa qarshi qanday kurashish kerakligi haqida so‘zlab berdi.
“2012-2020 yillarda qizamiq va qizilchaga qarshi kurashishga oid global strategik reja mavjud. Reja Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan. Men bu masalada hech kimdan qo‘rqmaslikka chaqiraman, masalan, BSSdan. Global strategik reja – bu Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya, Estoniya va Sobiq ittifoq hududidagi barcha mamlakatlar shifokorlar tomonidan ham ishlab chiqilgan reja. Bu barchaning umumiy fikri va unga quloq solish kerak, - dedi Onishenko “Qizamiq haqida afsona va vaksinatsiya haqida barcha haqiqat: Yevropa va MDH mamlakatlariga nima tahdid soladi” mavzusida bo‘lib o‘tgan Moskva-Tallin-Tbilisi-Nur-Sulton videoko‘prigi chog‘ida so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmat va ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan migrantlar kasallikni yuqtiruvchi asosiy shaxslar hisoblanishadi.
Onishenko hozirda Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlarini vaksinatsiya qilishga doir loyiha amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Rossiyadagi o‘zbek mahsulotlari: Onishenko asosiy muammo haqida gapirdi
Qizamiq, gul - o‘tkir yuqumli kasallik; tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yo‘llari va ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi hamda badanga qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi bilan kechadi. Qizamiq yer yuzida eng keng tarqalgan infeksiyalardan, unga barcha yoshdagi kishilar, ayniqsa, yosh bolalar beriluvchan bo‘ladi. Kasallik boshlanishida tana harorati 39° gacha ko‘tariladi, yuqori nafas yo‘llari va ko‘z konyunktivasi qizaradi, bemor quruq yo‘taladi, tumov bo‘ladi, ko‘zi qizarib yoshlanadi, yorug‘likka qaray olmaydi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi. Bemor bo‘lgan xonaning havosini tez-tez almashtirib turish va to‘lato‘kis ovqatlanishiga e’tibor berish zarur.