Iste’dodli bolakay yoxud qo‘shiqdan chilparchin bo‘lgan stakan

Obuna bo‘lish
“Golos.Deti” musiqiy loyihada ishtirok etayotgan bolakaylar o‘zlarining noyob iste’dodlari bilan barchani lol qoldirishmoqda.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Hozirda Rossiyada “Golos.Deti” loyihasining 6-mavsumi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Musiqiy loyihada ishtirok etayotgan bolakaylar o‘zlarining noyob iste’dodlari  bilan barchani lol qoldirishmoqda.

Bir hikoya qilmoqchi bo‘lgan Erjan Maksim ham ulardan biri,  desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan tanlovning navbatdagi efiri chog‘ida Erjan qo‘shiq kuylayotgan bir vaqtda sahnada turgan stakan uning ovozidan chilparchin bo‘lib ketdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot #GolosDeti (@voice1tv)

Murabbiylardan biri Rossiyaning mashhur yulduzi Pelageya esa “Men qayerda ekanligimni unutib qo‘ydim”, deya o‘z hayratini yashirmadi.

Endilikda Erjan “Golos.Deti” loyihasining final bosqichida ishtirok etadi.

Erjan Maksim Qozog‘istonning Uralsk shahrida tug‘ilgan. Hozirda 11 yoshni qarshi olgan. Yoshligidan qo‘shiq kuylashga ishtiyoqi baland. U turli tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva “Golos.Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibasiga aylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0