Statistik hisobotlarni taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonun loyihasini tayyorladi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kongressa SShA - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ochiq ma’lumotlarni chop etish haqida qaror imzoladi

“Davlat organlari mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida tegishli axborotni e’lon qilish va yangilash tartibini buzishi, noto‘g‘ri davlat statistika  hisobotlarini taqdim qilishi, - eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, - eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi.

Prezident qarori Ochiq ma’lumotlar portali va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Qarorda Davlat statistika qo‘mitasiga 2019-yil 1-iyulga qadar Portalda tegishli axborotni e’lon qilish va yangilash tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini, shuningdek, noto‘g‘ri davlat statistika hisobotlarini taqdim qilganligi uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0