O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqoti samimiy va amaliy ruhda o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi  hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tokayev bilan nimaga kelishib oldi - Ko‘ksaroydagi uchrashuv yakunlari

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum  va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolangan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum qabul qilingan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarga yetkaziladi

Ushbu davlat tashrifi mamlakatlarning strategik sheriklikni mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga intilishi qat’iy ekanini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0