TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Davlat teleradio jamg‘armasi SSSRda taqiqlangan Alla Pugachovaning “Aysberg” qo‘shig‘iga ishlangan video klipni internetda e’lon qildi.
Qo‘shiqqa musiqani Igor Nikolayev, matnini esa Lidiya Kozlova yozgan.
Rolik 1984-yilda Sochi shahrida olingan.
Ta’kidlanishicha, Leningrad televideniyasida o‘tkazilgan taqdimotdan so‘ng klip efirdan olingan.
Mamlakat hukumat klipda qo‘shiqchining harakatlarini beadab deb hisoblagan.
Research.mail.ru so‘roviga ko‘ra, "Aysberg" qo‘shig‘i eng ommabop qo‘shiqlar ro‘yxatidan joy olgan.
Ikkinchi chiziqda “Pozovi menya s soboy” nomli qo‘shig‘i. Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan "Etot mir priduman ne nami", "Lyubov, poxojaya na son", "Ne otrekayutsya lyubya", "Arlekino" hamda "A znayesh, vse yeshe budet" nomli qo‘shiqlariga yuqori baho berilgan.
Bugun millionlab kishining sevimli xonandasi yubileyni nishonlamoqda.