TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Tojikistonning So‘g‘d viloyati sudi o‘z singlisini o‘ldirgan akani 18-yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, qotillik So‘g‘d viloyatining Istaravshan shahrida sodir etilgan. Fuqaro 17 yoshli singlisini qishloqda oila obro‘sini to‘kkanlikda ayblab, og‘ilxonaga olib kiradi. U yerda o‘rtalarida yuzaga kelgan janjal vaqtida qizni sellofan paket bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi. So‘ngra jasadni og‘ilxonada olib chiqib yashirish maqsadi uning boshini tanasidan judo qiladi.
Bu voqeadan xabar topgan yigitning otasi o‘g‘liga yordam berish maqsadida qizining jasadini “Opel Vektra” rusumli mashinaga ortib, eski suvsiz kanalga yashirgan.
Keyinchalik Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jinoyat sodir etishda gumon qilingan akani qo‘lga olgan. Qotil Tojikiston JKning tegishli moddali bilan aybdor deb topilgan va unga 18-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Jazoni qattiq tartibdagi koloniyada o‘tash belgilangan.